Hyundaining salobatli - "zamonaviylik" yoki "yangi davr"ma`nosidagi nomi - 1947 yilda vujudga kelgan. Bu nomga, avvaliga AQSH harbiylarining buyurtmalarini bajargan, so‘ng esa uylar, ko‘priklar va kemalar qurgan, dastgohlar ishlab chiqargan Chon Dju Yenning ko‘p tarmoqli korxonasi ega bo‘lgan… Muvaffaqiyatli kompaniya avtomobil sanoatiga borgan sari qiziqib bordi va nihoyat 1967 yilda Hyundai Motor Company yaratildi. Dvigatel Kompaniya . U avtomobil ishlab chiqarish liniyasini ochdi, Amerika va Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda ishladi, o‘z ishlanmalarini amalga oshirdi, Evropa va Osiyoda zavodlar qurdi, bosqichma-bosqich xalqaro bozorda obro‘ga ega bo‘lib va avtomobil ishqibozlarining e`tirofiga sazovor bo‘ldi.
2000 yilda Hyundai Motor Company Janubiy Koreya bozorining so‘zsiz yetakchisiga aylandi, 2005 yilda kompaniya ilk bor jahon brendlarining "Top 100"ligiga kiritildi va 2010 yilda esa u dunyodagi beshinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida e`tirof etildi. Mutaxassislar Hyundaini dunyodagi eng tez suratlarda rivojlanayotgan avtomobil brendi sifatida tan olishadi.
1995 yilda Jon Ju nomli joyda Hyundai Motor Company tijoriy texnikalarni ishlab chiqaradigan zavodni ochdi. Hozirgi vaqtda bu dunyodagi eng yirik va eng zamonaviy tijoriy texnikalar zavodlaridan biridir. U taxminan 1 300 000 kv.m maydonda joylashgan. Korxonada 5 ming nafarga yaqin xodim ishlamoqda. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 125 ming dona avtomobilni tashkil etadi. Tayyor mahsulotlarning 85 foizi turli modifikatsiyadagi yuk mashinalari shassilariga to‘g`ri keladi. Ishlab chiqarishning 15%ni avtobuslar tashkil etadi. Ishlab chiqarish majmuasi ikkita dvigatel zavodini, yuk mashinalari ishlab chiqaradigan uchta konveyer liniyasini, avtobuslar ishlab chiqaradigan konveyer liniyasini, ilmiy laboratoriyani, sinov poligonini o‘z ichiga oladi. Barcha liniyalarda texnikalani bo‘yash ishlari elektroforez usuli yordamida amalga oshiriladi. Hyundai Motor Company o‘zining ishlab chiqariluvchi mahsulotlarining takomillashtirilishiga alohida e`tibor qaratadi. Nam Yangdagi o‘z tadqiqot markazi 3,500,000 kvadrat metr maydonga joylashgan bo‘lib, sinov poligoniga egadir.