XIZMAT KORSATISH VA TA'MIRLASH

Sizning avtomobilingiz - murakkab mahsulot bo‘lib, uning qiymatini imkon qadar uzoq vaqt saqlab qolishga intilasiz. Statistik ma`lumotlarga ko‘ra, avtomobil sohiblari duch keladigan buzilishlarning ko‘pchiligini, avtomobildan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish, shuningdek, rasmiy dilerlik tarmog`ida muntazam texnik xizmat ko‘rsatilish va ta`mirlashni amalga oshirish orqali oldi olinishi mumkin. Har safar avtomobilingizni rasmiy dilerlarga ishonib topshirganingizda, avtomobillarga sifatli texnik xizmat ko‘rsata oladigan tajribali va malakali mutaxassislarga murojaat etgan bo‘lasiz. Xizmat ko‘rsatilish tugallangandan so‘ng, Siz - original ehtiyot qismlar va ishlar uchun kafolatga ega bo‘lasiz. Biz avtomobilingiz uchun uzoq umrni va Siz uchun avtomobilingizdan ishonchli va xotirjam foydalanish imkonini ta`minlaymiz.