Samosval ustki qurilmasi

4 m3 hajmdagi samosval ustki qurilmasi toshiluvchan inert qurilish materiallarini umumiy tarmoq yo‘llari bo‘ylab va dala sharoitida tashish uchun ishlatiladi.

Maqsadliligi: Inert toshiluvchan qurilish materiallarini (tuproq, shag`al, qum, graviy va h.k.) tashish va mexanizatsiyalangan uslubda tushirilishini ta`minlash.

Rama usti qurilmasi
  • Rama usti qurilmasi shassi ramasining konturini takrorlovchi egilgan U-profildan tayyorlangan yaxlit payvandlangan konstruksiyadir. Rama usti qurilmasining shassiga bolt bilan mahkamlanishi - harakatlanuvchi.
Kuzov
  • Orqa tomonidan yuk tushiriluvchi va ko‘tarish gidro tsilindri old tomonida joylashgan yarim aylana kesimdagi samosval kuzovi. Yuklash kuzovning yuqorisidan amalga oshiriladi, yukni tushirish esa kuzovning old qismini ko‘tarish orqali ochiladigan orqa bort orqali mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
  • Kuzov tubining qalinligi 5mm, materiali: Po‘lat St-52
  • Yon devorlar qalinligi 4 mm, materiali: Po‘lat St-52
  • Qalinligi 4 mm ga teng, qiyalikka ega old devor, materiali: Po‘lat St-52
  • 4 mm qalinlikdagi orqa bort, mahkamlanishi yuqoridan, qulflarni avtomatik blokirovkalash va ochish mexanizmi, materiali: Po‘lat St-52
  • Kuzovaning old qismida rama usti qurilmasi ustiga tushishda uning fiksatsiyalangan holatini ta`minlaydigan va yuklarni tashishda yon tomonga siljishlardan himoya qiladigan kronshteyn-ilgich payvandlangan.
  • Haydovchi kabinasini himoya qilish uchun kuzovning old qismidagi koziryok.
  • Kuzovning sug`urtalovchi ustuni.
  • Kuzovning old qismidagi zinapoya.
Samosval ustki qurilmasining gabarit o‘lchamlari va vazn parametrlari

  • Ustki qurilma/kuzovning tashqi o‘lchamlari: uzunligi: 4†430±50 / 4 430±50 mm; kengligi: 2†130±50 / 1 990±50 mm; balandligi: 1 460±50 / 1 350±50 mm
  • Kuzovning ichki o‘lchamlari: uzunligi: 3 830±50 mm; kengligi: 1 880±50 mm; balandligi: 470±50 mm
  • Kuzovning hajmi: 4±0,2 kub.m
  • 1-Samosval ustki qurilmasining jihozlangan vazni 500±100 kg
  • Tashilayotgan yukning hajmda hisoblangan zichligi: 1,4?1,8 t/m3
  • Kuzovning ko?tarilish burchagi: 50±2o

Avtosamosval ustki qurilmasining gabarit o‘lchamlari:
Gabarit o‘lchamlari:
  • uzunligi , mm: 6 250±50
  • kengligi , mm: 2 130±50
  • balandligi , mm: 2†285±50

Avtosamosvalning jihozlangan vazni , kg:
4 000±100

Yuk ko‘tarish qobiliyati , kg: 3 800±100
Gidrouskunalar

Teleskopik gidrotsilindr va butlovchi qismlari; Samosval kuzovining ko‘tarilishini boshqarish uchun gidravlik klapan - pnevmatik; Filtrli moy baki; Yuqori va past bosimli gidravlik shlanglar, Samosval ustki qurilmasini shassi bilan ulash uchun; Kuzovning maksimal balandlikka ko‘tarilishdan so‘ng, tsirkulyar bosimga o‘tkazuvchi ko‘tarilishini cheklash klapanini; Kuzovani ko‘tarilishi va tushirilishini bildiruvchi tovushli signalizator.

Qo’shimcha tarzda

  • O‘z DSt 35.73:2010 standartiga muvofiq yon himoya qurilmalari.
  • Shassi qanotlari ustidagi ulanish elastik fartuklari.
  • Asboblar uchun metall quti
  • 20-30 litrli suv uchun plastik bak, sovun dozatori bilan.
  • O‘z DSt 35.48:2011 standartiga muvofiq sariq rangda bokovyx stenok va qizil rangda orqa qismdagi yorug`likni aks ettiruvchi markirovka.

*Fotograf rasmalar haqiqiy modeldan farq qilishi mumkin