Biz haqimizda
Hozirgi paytda dilerlik tarmog`i O‘zbekiston bo‘ylab turli brendlardagi 40 dan ortiq rasmiy dilerlik markazlarini o‘z ichiga oladi.
Hyundai dunyoda
2000 yilda Hyundai Motor Company Janubiy Koreya bozorining so‘zsiz yetakchisiga aylandi, 2005 yilda kompaniya ilk bor jahon brendlarining "Top 100"ligiga kiritildi va 2010 yilda esa u dunyodagi beshinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida e`tirof etildi. Mutaxassislar Hyundaini dunyodagi eng tez suratlarda rivojlanayotgan avtomobil brendi sifatida tan olishadi.
1995 yilda Jon Ju nomli joyda Hyundai Motor Company tijoriy texnikalarni ishlab chiqaradigan zavodni ochdi. Hozirgi vaqtda bu dunyodagi eng yirik va eng zamonaviy tijoriy texnikalar zavodlaridan biridir. U taxminan 1 300 000 kv.m maydonda joylashgan. Korxonada 5 ming nafarga yaqin xodim ishlamoqda. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 125 ming dona avtomobilni tashkil etadi. Tayyor mahsulotlarning 85 foizi turli modifikatsiyadagi yuk mashinalari shassilariga to‘g`ri keladi. Ishlab chiqarishning 15%ni avtobuslar tashkil etadi. Ishlab chiqarish majmuasi ikkita dvigatel zavodini, yuk mashinalari ishlab chiqaradigan uchta konveyer liniyasini, avtobuslar ishlab chiqaradigan konveyer liniyasini, ilmiy laboratoriyani, sinov poligonini o‘z ichiga oladi. Barcha liniyalarda texnikalani bo‘yash ishlari elektroforez usuli yordamida amalga oshiriladi. Hyundai Motor Company o‘zining ishlab chiqariluvchi mahsulotlarining takomillashtirilishiga alohida e`tibor qaratadi. Nam Yangdagi o‘z tadqiqot markazi 3,500,000 kvadrat metr maydonga joylashgan bo‘lib, sinov poligoniga egadir.
Odmilik
Eng muhim jabhalarga e`tibor qaratib, murakkabliklarni soddalashtiramiz. Modern Premium - bu mijozlar ehtiyojlarini soddaroq, ammo yetukroq tarzda qondiradigan qadriyatlar va tajribalarni amalga oshirish va ulardan soddaroq, qulayroq tarzda foydalanishga intilishdir.
Ijodkorlik
O‘zgarishlar va innovatsiyalar uchun, eng muhim ehtiyojlarni eng maqbul tarzda qondiradigan narsa. Modern Premium intilayotgan kreativ fikrlash bu mijozga chindan foyda keltiruvchi afzalliklarni taqdim etib, shu vaqtning o‘zida uning ehtiyojlarini eng oqilona va samarali tarzda qondirishdir.
G`amxo‘rlik
Haydovchi haqida qayg`uradigan, yuqori ishonchlilikka, xavfsizroq muhit va hissiy qiymatga ega bo‘lgan avtomobillar. Hyundai Motorsning Modern Premium paketida aks ettirilgan G`amxo‘rlik, bizning g`amxo‘rligimiz va e`tiborimizni hissiy qadriyatlar orqali aks ettiradi.